Jahon | 10:17 / 06.09.2016
8953
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton AQShdagi prezidentlik saylovlariga Rossiya tomonidan xavf mavjudligini aytdi

AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasidan nomzod hisoblangan Hillari Klinton o‘z saylovoldi shtabi samolyoti bortida qilgan chiqishida Rossiya tomonidan mamlakatdagi prezidentlik sayloviga jiddiy xavf mavjudligini aytib o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

U Rossiya tomoni saylovlar vaqtida kiberhujumlar uyushtirishi ehtimolidan ogohlantirgan.

Klinton o‘z raqibi, respublikachi Donald Tramp haqida ham gapirib, uning "diktatorlikka moyilligi"ni bildirgan.

Bundan tashqari, siyosatchi AQSh Davlat kotibi bo‘lgan vaqtida maxfiy hujjatlar nima ekanini bilgani haqida qo‘shimcha qilgan.

Bundan oldinroq Klinton xonim sog‘lig‘i va Clinton Foundation atrofidagi mish-mishlar o‘zini tashvishga solmasligini bildirib o‘tgandi.

Mavzuga oid