O‘zbekiston | 14:02 / 07.09.2016
9448
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Dreamliner samolyoti Olmaotaga parvozni amalga oshiradi

9 sentabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing-787-Dreamliner samolyoti Qozog‘istonning Olmaota shahriga reysni amalga oshiradi.

Reys grafigi (mahalliy vaqt bilan):

9 sentabr: HY 763    Tashkent (19:10) -€“ Olmaota (21:40)

9 sentabr: HY 764    Almaty (22:40) -€“ Toshkent (23:20)

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning 31 avgust kuni ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotining birinchisini qabul qilgandi. Yangi samolyot uzoq va o‘ta uzoq xalqaro yo‘nalishlarda foydalaniladi hamda Toshkent—Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Samolyot 5 sentabrdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid