Jahon | 20:33 / 02.05.2026
5807
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi

Krematoriy xizmatidan foydalanish uchun qator hujjatlar, jumladan, marhumning krematsiyani tanlagani to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan rozilik xati, majburiy identifikatsiya talab qilinadi. Bitta krematsiya narxi 240 ming tenge (518 dollar) turadi.

Foto: gov.kz

Qozog‘istonning Olmaota shahrida krematoriy ishga tushdi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, krematoriy Chexiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan.

Krematoriy xizmatidan foydalanish uchun qator hujjatlar, jumladan, marhumning krematsiyani tanlagani to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan rozilik xati, majburiy identifikatsiya talab qilinadi.

Ta’kidlanishicha, krematoriy xodimlari xorijda maxsus ta’lim olgan.

Bitta krematsiya narxi 240 ming tenge (518 dollar) turadi, deb yozmoqda NewTimes.kz.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, krematoriy xizmatidan xorijliklar ham foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarning jasadini krematsiya qilish taqiqlanadi.

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid