Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 14 ta medal qo‘lga kiritdi
22-xalqaro tanlov matematika, fizika va informatika fanlarida bo‘lib o‘tgan. Unda 15 ta mamlakatdan 700 nafar ishtirokchi, xususan, o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham qatnashib, 2 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza yutib olishgan.
10-15 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 mamlakatdan 700 dan ortiq o‘quvchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashib, jami 14 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilarimiz mamlakat hisobiga 2 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo‘shishga muvaffaq bo‘lgan. Quyida g‘olib o‘quvchilar ismi keltiriladi:
Informatika fanidan
Jahonali Haydaraliyev - Muhammad al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi— OLTIN MEDAL.
Ulug‘bek Rahmatullayev - Namangan prezident maktabi o‘quvchisi — OLTIN MEDAL.
Timur Kadirbergenov - Nukus prezident maktabi o‘quvchisi — KUMUSh MEDAL.
Jahongirshoh Avazxonov - Namangan prezident maktabi o‘quvchisi — KUMUSh MEDAL.
Humoyun Abduraupov - Muhammad al-Xorazmiy maktabi — BRONZA MEDAL.
Isamiddin Baybolov - Muhammad al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi — BRONZA MEDAL.
Matematika fanidan
Elbek Zohidjonov - Toshkent shahar IMA Al-Xorazmiy IMI — o‘quvchisi — KUMUSh MEDAL.
Rasulbek G‘afforov — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM — o‘quvchisi — KUMUSh MEDAL.
Dostonbek Rahmonqulov — Yangiyer tuman IM — o‘quvchisi — KUMUSh MEDAL.
Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahar IMA Al-Xorazmiy IMI — o‘quvchisi — KUMUSh MEDAL.
Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — BRONZA MEDAL.
Fayzulloh Tohirov — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM — o‘quvchisi — BRONZA MEDAL.
Durbek O‘ktamov — Buxoro viloyati Vobkent tuman IM o‘quvchisi — BRONZA MEDAL.
Fizika fanidan
Muhammad Abdumalikov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM o‘quvchisi — BRONZA MEDAL.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi 21-Xalqaro Jautikov olimpiadasida jami 19 ta medalni qo‘lga kiritgan. Shundan 2 tasi oltin, 5 tasi kumush, 12 tasi esa bronza bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
11:34 / 26.02.2026
Xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal olgan yoshlarga 1 mlrd so‘mdan ortiq mukofot to‘lanadi
18:06 / 03.02.2026