Jahon | 19:27 / 07.09.2016
10197
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva Turkiyani Suriyadagi vaziyatni beqarorlashtirmaslikka chaqirdi

Rossiya Turkiyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga olib keladigan harakatlardan tiyilishga chaqiradi. Bu haqda Rossiya TIV xabarida aytilgan.

"Biz Anqarani qisqa muddatli harbiy-taktik maqsadlardan Suriyadagi vaziyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatlarga o‘tishdan tiyilishga chaqiramiz", deyilgan xabarda.

Turkiya armiyasi 24 avgust kuni Suriya shimolidagi hududlarni IShID jangarilaridan tozalash maqsadida Suriya muxolifati kuchlari bilan hamkorlikda "Frot qalqoni" amaliyotini boshladi. Turkiya tanklari va samolyotlari hujumi orqali Jarablus shahri jangarilardan ozod qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid