Jahon | 16:16 / 07.09.2016
7550
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Qozog‘istonga harbiy samolyot va vertolyotlar yetkazib beradi

Rossiya Qozog‘iston Qurolli kuchlari ixtiyoriga ikkita Su-30 qiruvchi samolyoti va ikkita Mi-17 harbiy vertolyotini yetkazib beradi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Bu haqda, Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari Okas Saparov «Armiya-2016» forumida ma'lum qilgan. 

«2014 yili biz Rossiyadan to‘rtta Su-30 samolyotini olgan edik, bu yil yana ikkita», — degan Saparov.

Avvalroq, Rossiya Mi-35M jangovar vertolyotlarining ilk to‘plamini Qozog‘istonga shu yil oxirigacha yetkazib berishi haqida xabar qilingan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid