Qozog‘iston maktab darsliklaridan "Rossiya Qrimi" olib tashlandi
Qozog‘istonning «Mektep» nashriyoti maktab darsliklaridan Rossiya tomonidan qo‘shib olingan yarimorol to‘g‘risidagi ma'lumotni tuzatdi. Aniqrog‘i, kitoblardagi matnlardan Qrimning Rossiyaga tegishli ekani yozilgan xatboshilari olib tashlangan, deb xabar qilmoqda "Belyy parus".
Qozog‘istonda o‘tgan yili nashr etilgan tarix va geografiya darsliklarida Qrim «Rossiya Federatsiyasi subekti» sifatida yozilgan edi.
Shundan so‘ng yuz bergan diplomatik mojaro tufayli, Ukraina elchixonasi qozoq maktab darsliklariga jiddiy e'tibor beradi.
Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligida bayonot berishlaricha, "10-11 sinflar uchun chiqarilgan geografiya va jahon tarixi dasrliklarida Qrim mavzusi bo‘yicha Qozog‘istonning rasmiy nuqta-i nazari aks ettirilmagan".
Vazirlik nashriyotga bildirilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritishni talab qilgan.
Qozog‘iston 2014 yil martida Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Qrim masalasida neytral pozitsiyani egallagan. 2014 yil martida BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, Qrimda Ukraina tarkibidan chiqib, Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi referendum qonuniy kuchga emas.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024