Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
Novomoskovskda kimyo zavodi va elektr stansiyaga hujum qilindi. Sevastopol svetsiz yashamoqda. Bu fonda esa Zelenskiy Rossiyani tinchlik muzokaralariga majburlash uchun 40 kunlik «ta’sir ko‘rsatish operatsiyasi»ga kirishmoqda.
Ukraina
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga «40 kunlik ta’sir operatsiyasi» o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu amaliyotdan maqsad – Kremlni urushni to‘xtatishga undash. Amaliyotni Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) o‘tkazishi belgilangan, mamlakat yetakchisi boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.
Zelenskiy bu haqda UXX rahbari Yevgeniy Xmara bilan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi – bu uchrashuvda prezidentga «Ukrainaning uzoq masofali va o‘rta masofali sanksiyalari rejasi, shuningdek „Alfa“ maxsus amaliyotlar markazining frontdagi natijalari» yuzasidan hisobot berilgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, UXX «turlicha dronlardan foydalanish hisobiga Ukrainaning frontdagi pozitsiyalarini himoya qilishda eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega», «Alfa» markazi esa – RF qo‘shinlarining «shaxsiy tarkibi va texnikalarini yo‘q qilishdagi natijalar bo‘yicha yetakchi» hisoblanadi.
UXX – dronlar yordamida Rossiya regionlaridagi sanoat korxonalari va neft obektlariga zarba berib kelayotgan idoralardan biri hisoblanadi. Neftni qayta ishlash zavodlari hamda neft bazalari bo‘ylab yo‘llanayotgan bunday zarbalar fonida mamlakatda yoqilg‘i inqirozi boshlangan. Rossiyaning 20 dan ortiq regionida mahalliy rasmiylar yoqilg‘i sotuviga cheklovlar joriy etgan.
Nafaqat Ukrainadagilar, balki Yevropadagilar ham Rossiyani tinchlik muzokaralariga qaytishga chaqirishmoqda. Vladimir Putin bir necha bor Rossiya o‘zi ilgari surayotgan shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini, Zelenskiy u bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelishi mumkinligini aytgan. O‘z navbatida, Rossiyaning shartlari Ukraina uchun qabul qilib bo‘lmaydigan talablar hisoblanadi.
Ukraina nashrlari manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ham Rossiyaga harbiy bosim o‘tkazishni yoqlamoqda. U 2025 yil yanvarida AQSh prezidentligiga qaytganidan beri Vashington Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishga va ularni yarashtirishga harakat qilmoqda.
«RBK-Ukraina» suhbatdoshlariga ko‘ra, Tramp Rossiyani Ukrainaning harbiy bosimi orqali «real diplomatiya»ga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi. Kyiv Independent nashri yozishicha, Tramp o‘zaro suhbatda Zelenskiyni Rossiyaga nisbatan «qat’iyroq» harakatlanishga chaqirgan, u «Putin bosim o‘tkazilmasa, nimadir qilishiga ishonmaydi».
Rossiya
26 iyunga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya regionlari bo‘ylab navbatdagi marta yopirilma zarba yo‘lladi. RF mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, tunda havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 660 ta dronini to‘xtatgan va urib tushirgan. «Agenstvo» qayd etishicha, bu tunda dronlar orqali Rossiyaning front orti hududlariga amalga oshirilgan eng yirik hujum bo‘ldi.
Tula oblastida Novomoskovsk shahridagi «Azot» kimyo kombinati navbatdagi marta zarba nishoniga aylangan. Zavod saytida ko‘rsatilishicha, «Azot» – ammiak va azotli o‘g‘itlarning eng yirik mahalliy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Nitrat kislota portlovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Guvohlar tomonidan olingan fotosurat va videolarda zavod tomondan tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.
Astra nashri ma’lumotiga ko‘ra, Novomoskovskda shahardagi turar joylar hamda ijtimoiy obektlarning 60 foiz qismini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlovchi elektr stansiyaga ham zarba berilgan. U yerda yong‘in boshlangan.
Tula oblasti gubernatori Dmitriy Milyayevning aytishicha, tunda hududda 157 ta dron urib tushirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Novomoskovskdagi sanoat korxonasida shikastlanishlar bor. Shcheki rayonida xususiy uyga zarar yetgan, bir ayol yaralangan. Oblast rasmiylari «atrof-muhitni monitoring qilish»ni boshlagan. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar me’yorda.
Sevastopolda Ukrainaning ko‘priklar, benzin tashuvchi mashinalar va boshqa yuk mashinalariga zarbalari, shuningdek, elektr ta’minotidagi uzilishlar (1, 2) fonida do‘konlar va bozorlarning bir qismi yopilgan, jamoat transporti harakati to‘xtagan, aloqa uzilgan.
Bir kun oldin butun Qrim bo‘ylab «elektr ta’minotini vaqtincha cheklash rejimi» joriy etilgandi. Bu Ukraina dronlar bilan Sevastopoldagi asosiy elektr nimstansiyasiga hujum qilishi ortidan ro‘y berdi.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
«Bizda ikkinchi kundirki svetda uzilishlar bo‘lmoqda, – deya xabar qilgan nashr suhbatdoshlaridan biri. – Kecha umuman bo‘lmagandi, bugun – qisman bor, ammo barcha rayonlarda emas». Boshqa bir suhbatdosh esa shaharda svet yo‘qligi tufayli do‘konlar va bozorlar ishlashdan to‘xtaganidan shikoyat qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin yo‘qligi muammoni chuqurlashtirmoqda – sotuvchilar shunchaki ish joyiga yetib borolmayapti. «Qamalda yashayapmiz», – deya qo‘shimcha qilgan u. Benzin taqchilligi tufayli Sevastopolda «butun kichik biznes, barcha jo‘natmalar to‘xtadi», deya qo‘shimcha qiladi shaharda yashovchilardan yana biri.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Sevastopoldagi oziq-ovqat narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir-biridan farqlanadi. Mahalliy aholi vakillaridan birining aytishicha, kartoshka narxi deyarli uch baravar oshgan, boshqasi esa shaharda narxlar oshgani, «lekin jiddiy darajada emasligi»ni bildirgan. Balaklava (Sevastopolning bir qismi)da yashovchi kishi o‘zi yashaydigan hududdagi do‘konda javonlar bo‘m-bo‘shligini ma’lum qilgan: «Mahsulotlar umuman yo‘q. Faqat alkogol topish mumkin».
Astra
Sota
Yoqilg‘i, logistika va energetika inqirozi fonida Qrimning turizm va restoran sanoati vakillari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tayinlangan hukumatdan yordam so‘radi. Tadbirkorlarning ta’kidlashicha, iyun oyida mehmonxona va restoranlarning daromadi o‘tgan yilgiga nisbatan taxminan ikki baravarga kamaygan, mehmonxonalarning bandligi esa 80 foizgacha pasaygan.
Maks Vetrov / Sputnik / Profimedia
Maks Vetrov / Sputnik / Profimedia
Shu bilan birga, Rossiyaning kontinental qismi va anneksiya qilingan Qrimni bog‘laydigan Qrim ko‘prigida mashinalarning ulkan navbatlari hosil bo‘ldi. Bundan tashqari, Qrimdan Rossiyaga ketishga urinayotgan avtomobillar soni yarim orolga kelayotganlarga (250) qaraganda yetti baravar ko‘p (Moskva vaqti bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra 1850 ta transport vositasi).
Mavzuga oid
11:00
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026