Jamiyat | 18:53 / 08.09.2016
8970
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoyda shaxtyorlarning o‘limida ayblangan jinoiy guruhning 5 nafar a'zosi qatl etildi

Xitoyning Xebey shahrida bir necha shaxtyorni o‘ldirib, so‘ng ular uchun sug‘urta puliga ega chiqqan jinoiy guruhning 5 nafar a'zosi qatl etildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.

21 kishidan iborat jinoiy guruh 2011 yilning iyulidan 2012 yilning iyuniga qadar bo‘lgan muddatda Xandan viloyati hududida 4 nafar konchini o‘ldirishgan. Ular o‘z qurbonlarini kon ichida bolg‘a bilan o‘ldirishgan va oldindan tayyorlangan soxta hujjatlar orqali shaxta egalaridan tovon puli to‘lashni talab qilishgan. Jinoyatchilar shu yo‘l orqali 270 ming dollarga ega bo‘lishgan.

Tez orada guruh fosh bo‘lgan. Jinoyatchilar qurbonlarning hamkasblari bo‘lib chiqqan. Ulardan 5 nafariga o‘lim hukmi chiqarilgan.

Qolgan jinoyatchilarga turli muddatga qamoq jazolari tayinlangan.

Mavzuga oid