Ma’lum qilinişiça, loyiha doirasida geologik-qidiruv işlari Muhammad-Jandagar, Şamar va Ahmadobod bloklarida olib borilmoqda. Unda uglevodorod resurslari bilan bir qatorda temir va mis zaxiralarini aniqlaş asosiy vazifa sifatida belgilangan.
Geologik-qidiruv işlariga rasman start beriş marosimida Balx viloyati hokimining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Mavlaviy Nurul Xodi Abu Idris hamda kompaniya boş direktori Hayit Omonov iştirok etgan.
Şuningdek, kompaniya afğon tomoni bilan olib borilgan muzokaralar yakunida loyihani amalga oşiriş uçun tegişli litsenziyani qölga kiritgani qayd etildi.

















