Jahon | 22:06 / 08.09.2016
11523
2 daqiqa o‘qiladi

Siyosatshunos: Qozog‘iston bosh vazirining milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi lavozimiga o‘tkazilishi prezidentning unga ishonishini bildiradi

Foto: © RIA

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimovning Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi lavozimiga o‘tkazilishi unga mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev yuqori darajada ishonishini anglatadi, deb aytdi qozog‘istonlik siyosatshunos Eduard Poletayev.

8 sentabrda Nazarboyev Masimovning yangi lavozimga tayinlanishi haqidagi qarorni imzoladi. Uning o‘rniga bosh vazir lavozimini birinchi o‘rinbosari Bakitjon Sagintayev vaqtinchalik bajarib turadi.

"Karim Masimov – juda kuchli, yirik siyosatchi, bosh vazir va ma'muriyat rahbari bo‘lgan va uning bunday lavozimga tayinlanishi prezidentning unga ishonishi va uning siyosiy faoliyatining davomi borligini aanglatadi", deb aytdi siyosatshunos.

"Masimov bungacha ham siyosiy, ham iqtisodiy sohadagi turli lavozimlarda katta miqdorda turli masalalarni hal qilish bilan shug‘ullangan va o‘ylaymanki, bu u uchun bajarsa bo‘ladigan vazifadir va u o‘zining siyosiy vazni bilan uni to‘ldiradi", deb aytdi Poletayev.

Poletayevning ta'kidlashicha, Qozog‘iston xavfsizligiga tahdidlar orasida terrorchilik aktlari hamda Qozog‘istonning janubiy sarhadlarida vaziyatning keskinlashuvi mumkinligi bor.  

Masimov Qozog‘iston hukumatini 2007 yildan 2012 yilgacha boshqargan, so‘ngra 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati rahbari bo‘lib ishlagan. U 2014 yildan yana bosh vazir lavozimini bajara boshlagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid