Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda sobiq amaldorlarning Epshteyn bilan ehtimoliy aloqalari tekshiriladi
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi mahalliy sobiq amaldorlarning amerikalik moliyachi Jyeffri Epshteyn bilan ehtimoliy aloqalari, jumladan, uning respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimov bilan ehtimoliy aloqalari yuzasidan tekshiruv boshladi.
«Bu masalani butun dunyo muhokama qilyapti. Shuning uchun biz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bu faktlarni ko‘rib chiqamiz, tekshiramiz», dedi bosh prokuror Berik Asilov.
Asilov aniq familiyalarni aytmadi. Biroq, Epshteynning Karim Masimov bilan ehtimoliy aloqalarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilyaptimi, degan savolga «Dastlabki tekshiruv boshlandi», deb javob berdi.
Bosh prokurorning ta’kidlashicha, Epshteynning o‘tmishda Qozog‘istonga ehtimoliy tashrifi yuzasidan ham tekshiruv olib borilmoqda.
25 fevral kuni bir qancha deputatlar Bosh prokuratura va Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga respublikaning sobiq yuqori martabali amaldorlarining Epshteyn bilan ehtimoliy hamkorligini tekshirish, shuningdek, uning Qozog‘istonga tashriflari haqidagi OAV ma’lumotlarini tekshirishni so‘rab murojaat yubordi.
«Karim Masimov qaydlarda kamida 8 marta tilga olingan. Yozuvlardan aniq ko‘rinib turibdiki, Epshteyn va Masimov shaxsan tanish bo‘lgan», deyiladi so‘rovda.
Deputat Asxat Rahimjonov ta’kidlaganidek, Epshteyn va Qayrat Kelimbetovning (Milliy Bank sobiq raisi) Nyu-Yorkda birga dam olgani ham xorijiy ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortgan.
Ushbu bayonotga izoh berar ekan, bosh prokuror Berik Asilov bu «qo‘shimcha ravishda tekshirilishini» ta’kidladi.
Jyeffri Epshteyn 2019 yil 6 iyul kuni Nyu-York huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olindi. Prokuraturaning ta’kidlashicha, 2002-2005 yillarda u Manxettendagi uyiga o‘nlab voyaga yetmagan qizlarning tashrifini uyushtirgani haqida dalillar mavjud, ularning eng kichigi 14 yoshda edi. Epshteynning do‘stlari va tanishlari doirasiga nafaqat AQSh, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarning amaldagi va iste’fodagi amaldorlari, yirik tadbirkorlar va shou-biznes yulduzlari kirgan. Epshteyn 2019 yil avgust oyida qamoqxonada o‘lik holda topilganidan keyin unga nisbatan jinoiy ta’qib to‘xtatildi.
Mavzuga oid
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026