Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakam to‘p darvozaga kirib, to‘r teshigidan chiqib ketganini payqamasdan ruslarning golini hisoblamadi
19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Yevro-2017 saralash musobaqasidan o‘rin olgan Isroil – Rossiya (1:1) uchrashuvini boshqargan hakam ruslarning haqqoniy golini hisoblamadi.
Ikkinchi bo‘lim vaqtida, hisob 0:0 ekanida, rossiyaliklar tezkor hujumda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Valeriya Zarubinaning zarbasidan keyin to‘p darvozaga kirib, to‘r teshigidan chiqib ketdi. Bosh hakam esa buni payqamay qoldi va golni inobatga olmadi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Rossiya futbol ittifoqi bu o‘yin natijasi yuzasidan rasmiy shikoyat yozdi.
UYeFA tashkiloti yaqin orada bu vaziyatni o‘rganib chiqib, o‘z qarorini e'lon qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:52 / 14.06.2026
O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yinini angliyalik hakam boshqaradi
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
23:19 / 11.02.2026