Alloh taolo hajga qodir bölgan har bir musulmonga umrida bir marta uni ado etişni uşbu oyati karima bilan farz qilgan: “Yölga qodir bölgan kişi zimmasida Alloh uçun Baytni haj qiliş (farzi) bordir” (Oli Imron, 97). U islomning beş arkonidan biri hisoblanadi. Haj – moliy va jismoniy ibodatdir. U yerda irqi, jinsi, rangi, tili va dunyoviy maqomidan qat'iy nazar barça insonlar bir xil kiyimda, bir xil holatda ibodat qiladilar. Çunki Alloh taolo huzurida hamma barobardir.
Haj hijratning töqqizinçi sanasida barça musulmonlarga farz böldi. Şu yili Rasululloh (s.a.v.) Madina ahlidan 300 kişini Abu Bakr Siddiq (r.a.) rahbarliklarida hajga yubordilar. Keyingi sanada Rasululloh (s.a.v.) özlarining söngi “Hajjatul vado'”, ya'ni vidolaşuv hajini ado etdilar va unda islomning asosiy ta'limotini öz içiga olgan maşhur vidolaşuv xutba – mav'izalarini, ya'ni yiğilgan sahobalari va kelajak ummat hayoti uçun zarur bölgan vasiyatlarini bayon qildilar.
Tarixiy manbalardan yaxşi bilamizki, haj qiliş ibodati anbiyolar otasi Ibrohim (a.s.) Alloh taoloning amri bilan Baytullohni bino qilgan, uning asosini kötargan vaqtdan beri boşlangan edi. Ka'baning qurilişi tamom bölganidan keyin Alloh taolo payğambari va xalili Ibrohim (a.s.) bunday amr qildi: “Odamlar orasida (yurib ularni) hajga çorlagin! (Şunda) ular senga (Ka'baga) piyoda va har qanday tuyada uzoq yöllardan kelurlar. Ular öz (diniy va dunyoviy) manfaatlariga şohid böliş uçun va ma'lum kunlarda (Alloh) ularga rizq qilib bergan çorva hayvonlariga (qurbonlik uçun söyişda) Alloh nomini zikr qiliş uçun kelurlar. Bas, undan özlaringiz ham yeyaveringiz, beçora kambağallarga ham yediringiz!” (Haj, 27-28).
Keyinçalik haj arkonlari haqida boşqa oyatlar ham nozil böldi, uni ado etiş tartib va hukmlari haqida sahih hadislar vorid böldi. Haj ibodatiga muşriklar tomonidan kiritilgan barça xurofiy narsalar bekor qilindi, Ibrohim (a.s.) davrlarida bölganidek, yagona Allohning öziga xolis ibodat qiliş, unga qurbonlik keltiriş, talbiya va takbir aytişda soflikka erişildi. Şuningdek, haj mavsumida dunyoning turli joylaridan yiğilgan musulmonlarga dunyoviy va uxroviy manfaat va foyda bölişi haqidagi oyatlar ham nozil böldi.
Jumladan, Rasuli akram (s.a.v.) bir hadisi şariflarida marhamat qiladilar: “Kim haj ibodatini mukammal ado etib, taqiqlangan işlardan özini saqlagan bölsa, onasidan yangi tuğilgan kunidek gunohlardan pok bölgan holda qaytadi” (Buxoriy va Ahmad rivoyati).
Mehribon Parvardigorimiz uşbu ibodatni bajarganlarga ulkan ajru mukofotlarni va'da qiliş bilan biga, bandalariga yana-da yengil bölişi uçun uni uç turda bajariş imkoniyatini berdi. Har kim hoxişi va imkoniyatiga qarab bu uç turdan birini tanlaydi va haj ibodini şunga köra ado etadi.












