19:57 / 09.09.2016
6966

FIFA axloq qo‘mitasi Blatterga qarshi ish ochdi

FIFA axloq qo‘mitasining tergov palatasi tashkilotning sobiq rahbari Yozef Blatter, bosh kotib Jyerom Valke hamda uning o‘rinbosari sifatida ishlagan, moliyaviy masalalar bilan shug‘ullangan Markus Kattnerga nisbatan rasman ish ochib, surishtiruv ishlarini boshladi.

Tergov palatasi bu shaxslarni etika qoidalarini buzish, sovg‘a olish, poraxo‘rlik va korrupsiyada ayblamoqda. 

TASS xabariga ko‘ra, Markus Kattner maxfiylik qoidalarini buzishda ham ayblanadi.

Jurnalist Rob Harrisning ma'lumot berishicha, bu mulozimlar 5 yil davomida 80 million dollar mablag‘ni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

Shveytsariya federal adliya byurosi 2015 yilning 25 sentabr kuni Blatterga qarshi jinoiy ish ochgandi. Bunga FIFA prezidentining 2011 yilda UYeFAning o‘sha vaqtdagi prezidenti Mishel Platini hisob raqamiga noqonuniy ravishda 2 million Shveytsariya franki o‘tkazgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning mayida FIFA prezidenti bo‘lib turgan Yozef Blatter poraxo‘rlik bilan bog‘liq mojarolar boshlangach, iste'foga chiqishini ma'lum qildi.

Shveytsariya federal adliya byurosi 2015 yilning 25 sentabr kuni Blatterga qarshi jinoiy ish ochgandi. Bunga FIFA prezidentining 2011 yilda UYeFAning o‘sha vaqtdagi prezidenti Mishel Platini hisob raqamiga noqonuniy ravishda 2 million Shveytsariya franki o‘tkazgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Oktyabr oyi boshida esa FIFA etika qo‘mitasi Blatter hamda Platinini futbol bilan bog‘liq ishlardan 90 kunga chetlatdi. Ish o‘rganib chiqilgach, FIFA arbitraj palatasi 21 dekabr kuni har ikki mulozimga nisbatan qo‘llanilgan jazo muddatini 8 yilgacha uzaytirdi.

FIFA bayonotida jazoga sabab sifatida Blatter UYeFA prezidenti Mishel Platini hisob raqamiga nima sababdan 2 million frank o‘tkazganini yuridik tomondon tushuntira olmagani, pul o‘tkazish qonuniy ekanligini isbotlay olmagani ko‘rsatilgan.

Keyinroq Platiniga nisbatan diskvalifikatsiya muddati 4 yilgacha tushirildi. Shuningdek, Blatterga nisbatan jazo muddati 2 yilga qisqardi.

Manba: Tribuna.uz

Top