Jahon | 17:58 / 09.09.2016
4951
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidentlik saylovi arafasida soliqlarni kamaytiradi

Fransiya hukumati 2017 yil bahorida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezidentlik saylovi arafasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliqlarni pasaytirishga va'da berayapti, deb xabar qilmoqda MarketWatch.

Xususan, aholidan yig‘iladigan soliqlar umumiy miqdorini 1 mlrd yevroga kamaytirish va daromadga solinadigan korporativ soliq stavkasini hozirgi 33 foizdan 2020 yilga borib bosqichma-bosqich 28 foizgacha pasaytirishini ma'lum qilgan. 28 foizlik korporativ soliq stavkasi 2017 yildan e'tiboran o‘rta va kichik korxonalar uchun joriy etilishi mumkin. 

Fransiya moliya vazirligi bayonotiga ko‘ra, soliq tushumining kamayishiga qaramasdan, kelasi yilda davlat byudjyetidagi kamomadni 2015 yilgi 3,5 foizdan 3 foizga tushirish imkoni saqlab qolinadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid