Fransiya harbiy-dengiz kuçlari Sitsiliya sohillari yaqinida xalqaro dengizçilik huquqini buzgan holda suzayotgan Deliver nomli neft tankerini qölga oldi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.
Kamerun bayroği ostida suzgan uşbu kema Primorskdan Singapurga ketayotgan bölgan.
Makron tanker bortiga vertolyotdan maxsus topşiriqli bölinma jangçilari tuşirilayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Makron bu «yaşirin flot»ga qarşi ötkazilgan navbatdagi amaliyot bölganini qayd etgan va bir neça kun oldin Buyuk Britaniya ham şunday amaliyot ötkazganini eslatgan.
«Biz yaşirin flot sanksiyalarni çetlab ötib, Rossiya olib borayotgan uruşni moliyalaştirişiga yöl qöymaymiz. Yevropa qat’iyat körsatadi», – deya yozgan u.
2026 yil boşidan buyon Fransiya bir neça bor Rossiyaning «yaşirin floti»ga mansub bölgan tankerlarini töxtatgan. Ulardan birinçisi yanvar oyida qölga olingan «Grinç» tankeri edi. Mart oyida esa «Deyna» tankeri ta’qib ostiga tuşgan – faqat bir oy ötib unga Marsel portini tark etişga ruxsat berilgan. 1 iyun kuni Atlantika okeanida «Tagor» neft tankeri fransuz harbiylari tomonidan qölga olindi. Iyun oyi örtalarida Buyuk Britaniya La-Manş böğozi orqali ötişga uringan, Rossiyaga aloqador bölgan Smyrtos nomli neft tankerini qölga olib, öz sohillariga olib ketgandi. Sönggi xabarlarga köra, Buyuk Britaniya hukumati uning bortidagi 100 ming tonnadan ortiq neftni sotib yubormoqçi.












