Jamiyat | 23:11 / 09.09.2016
6367
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada yosh bola yuk mashinasini olib qochib, 200 km yo‘l bosib o‘tdi

Foto: © Fotolia/ VP

Germaniyada 12 yoshli bola otasining yuk mashinasini olib qochib, yo‘ldan do‘stini olib, uyidan 200 km uzoqlikda yashovchi bobo va buvisinikiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Vice nashri.

8 sentabrda Saksoniyadagi Xemnits shahri yaqinida ikki o‘g‘il bola ota-onasi politsiyaga o‘z farzandlarining yo‘qolib qolganini ma'lum qilishgan. Politsiya hisobotiga ko‘ra, "mahalliy politsiya hamda bavariyalik politsiyachilar tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilgan".  

Aniqlanishicha, ikki do‘st qo‘shni Bavariya shimolidagi Bamberg shahriga bobo va buvilarinikiga yo‘l olishgan. Ular 209 km yo‘l bosib, manzilgacha hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz yetib kelishgan. Bolalar ota-onalari bilan gaplashgach, ularga bobolarinikida tunni o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu o‘ylanmasdan qilingan ish bo‘lmagan, chunki mashinani olib qochgan bola o‘zining bu rejasidan ota-onasini xabardor qilgan, biroq ko‘rinishicha, ota-ona farzandining gaplariga ishonmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid