Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda paxta yig‘im–terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani o‘z samarasini bermoqda
Kuz kelishi bilan paxtakorlarimiz uchun ma'suliyatli palla boshlanadi. Erta bahordan ulkan mehnat va mehr ila parvarishlab yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib olish davri yetib kelganidan darak, bu.
Andijonlik mirishkor bobodehqonlar tomonidan yetishtirilgan hosil cho‘g‘ini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Viloyatning qaysi fermer ho‘jaligiga bormang, terimchilar uchun ko‘ngildagidek sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lasiz.

“Istiqlol” fermer ho‘jaligi rahbari usta dehqon Tohirjon Rejapov bilan yig‘im-terimni borishi haqida suhbatlashdik. – Oppoq ochilib turgan paxtalar yil davomida amalga oshirilgan katta mehnatimiz samarasi,- deydi Tohirjon aka. -Xususan, viloyatimizda hosilni nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Birinchi navbatda terimchilar uchun ko‘ngildagidek sharoit yaratilganini aytib o‘tish joiz. Dala boshida ikki mahal issiq ovqat tashkil qilganmiz. Dam olish joylarida terimchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Terilgan paxta uchun mehnat haqlari dala boshida o‘sha kunning o‘zida berilayotgani, mavsum boshlanmasdan taxt qilib qo‘yilgan texnikalarni paxta xom ashyosini peshma-pesh qabul qilish maskanlariga yetkazib berayotgani terim sur'atiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026