Jahon | 15:35 / 11.09.2016
4980
1 daqiqa o‘qiladi

Reyunon orolida Piton-de-lya-Furnez vulqoni otila boshladi

11 sentabr kuni tongida Fransiya tarkibidagi Reyunon oroli hududida Piton-de-lya-Furnez vulqoni faollashdi. Bu haqda Le Parisien xabar berdi.

Vulqonning hozirgi holati aholi uchun xavfli emasligi aytilgan. Qayd etilishicha, orol janubi-sharqida uyg‘ongan ushbu vulqon atrofida aholi punktlari joylashmagan.

Xabarda aytilishicha, bu hodisa haqidagi xabarlardan keyin Reyunon minglab sayyohlarni o‘ziga jalb etgan. Qiziquvchilar lavaning vulqon og‘zidan chiqib kelishini tomosha qilishga oshiqmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid