Rossiyaning Kamçatka yarimoroli qirğoqlarida yakşanbaga ötar keçasi navbatdagi kuçli zilzila sodir böldi. AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila magnitudasi 6,8 ballni, öçoq çuqurligi 35 kilometrni taşkil etgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi sunami tölqinlari Kamçatkaning uçta hududiga yetib kelişi mumkinligini ma’lum qildi.

Avvalroq vazirlik öz telegram-kanalida kutilayotgan tölqin balandligi kiçik bölişini ma’lum qilgan, biroq odamlarni qirğoqdan uzoqlaşiş kerakligi haqida ogohlantirgandi.

Rossiyalik olimlar ta’kidlaşiça, yarimoroldagi Kraşeninnikov vulqoni 500 yildan ortiq vaqt içida birinçi marta uyğongan – bu ötgan hafta Kamçatka qirğoqlari yaqinida röy bergan kuçli zilziladan keyingi seysmik faollik natijasi bölişi mumkin.

«Bu Kraşeninnikov vulqonining 600 yil içida tarixan tasdiqlangan birinçi otilişi», – deya Kamçatka vulqon otilişi oqibatlariga qarşi kuraş guruhi rahbari Olga Girinaning sözlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti agentligi.

Girina Vulkanologiya va seysmologiya instituti telegram-kanalida Kraşeninnikovning sönggi otilişi 1463 yilda sodir bölgani va şundan beri heç qanday otiliş bölmaganini ma’lum qilgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamçatka bölimi ma’lum qilişiça, otiliş vaqtida kul ustuni 5–6 kilometr balandlikka kötarilgan. Vulqonning özi 1856 metr balandlikka ega.

«Kul buluti şarqqa, Tinç okeani tomon suzib bormoqda. Uning yölida aholi punktlari yöq», – deyiladi vazirlik xabarida.

Ikkala hodisa ham Kamçatka qirğoqlarida yaqinda sodir bölgan 8,8 magnitudali kuçli zilzila bilan boğliq bölişi mumkin, olimlarning hisob-kitoblariga köra, u 1952 yildan beri mintaqadagi eng kuçlisi bölgan va Fransiya Polineziyasi va Çili kabi çekka hududlarda sunamiga kuzatilişiga sabab bölgan.

Rossiyalik ekspertlar zilziladan keyin bir neça hafta içida kuçli afterşoklar bölişi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

«Kuçli afterşok jarayoni rivojlanmoqda, bu Petropavlovsk-Kamçatskiyda juda yaxşi sezilmoqda. Kuçli, sezilarli afterşoklar yana kamida bir oy davom etadi», – deya ogohlantirdi ötgan hafta geofizika xizmati. Qayd etilişiça «voqealarning bunday kölamida» 7,5 magnitudali kuçli afterşoklar ham bölişi mumkin.