Jamiyat | 22:32 / 12.09.2016
12474
2 daqiqa o‘qiladi

BAA AQSh Kongressi tomonidan 11 sentabr bo‘yicha qabul qilingan qonun loyihasidan xavotirda

BAA AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan yangi qonun loyihasidan jiddiy xavotirda, zero u 2001 yilning 11 sentabrida halok bo‘lganlarning oila a'zolari va jabrlanganlarga xorijiy mamlakatlar fuqarolari va hukumatlarga qarshi da'vo ishini ochishga imkon yaratadi. 

BAA TIV rahbari Abdulloh bin Zaid An-Nahayyanning ma'lum qilishicha, bu qonun loyihasi "davlat suvereniteti tamoyillariga ziddir". 

Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA "Amerika qonunchiligi o‘z pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishi va xavfning oldini olib, bu qonunni tasdiqlamasligi"ni kutmoqda. Vazirning fikricha, "bunday qonunlar terrorizm bilan kurashuvchi xalqaro hamkorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi".

AQSh vakillar palatasi bir ovozdan yangi qonun loyihasini qabul qildi, unga ko‘ra, 2001 yil 11 sentabrdagi teraktdan jabr ko‘rgan kishilar va halok bo‘lganlarning oila a'zolari xorijiy mamlakatlar hukumati va fuqarolariga qarshi da'vo ishi ochishlari mumkin bo‘ladi. 

Mazkur qonun loyihasi hatto prezident Barak Obamaning imzolamasligiga ham qaramay, AQSh senati tomonidan tasdiqlangan.
 

Mavzuga oid