2001 yil 11 sentabrda AQŞda sodir etilgan teraktlar dunyodagi siyosiy vaziyatni özgartirib yuboradi. AQŞ Afğonistonni teraktlarni amalga oşirgan “Al-Qoida” terrorçilariga boşpana bergan deb hisoblaydi va öşa yili oktyabrda bu davlatga bostirib kiradi.
Afğonistonda uruş davom etar ekan, öşa paytlarda AQŞni boşqarib turgan Kiçik Jorj Buş endi Iroqni kimyoviy qurollar yaratganlikda ayblaydi.
AQŞning Iroqqa bosqini
2002 yilning kuziga kelib Jorj Buş ma’muriyati Iroqqa bostirib kiriş uçun tarafdorlar yiğa boşlaydi. AQŞning Iroqqa bostirib kirişini öşa paytda dunyoning 50 dan oşiq davlati qöllab-quvvatlaydi (ular orasida Özbekiston ham bölgan).
2003 yil 18 mart kuni Jorj Buş Saddam Husaynga ultimatum e’lon qiladi. Unga köra Saddam 48 soat içida Iroqni tark etişi kerak edi. Iroq prezidenti bu şartni pisand qilmaydi.

2003 yil 20 mart kuni AQŞ harbiylari Iroqqa bostirib kiradi. Iroqqa qarşi uruşga bir qança arab davlatlari ham qöşilgan bölib, koalitsiyaning boş ştabi Qatarda joylaşgan edi.
Uruş boşlanganidan uç hafta ötib, 9 aprel kuni Bağdod egallanadi. Saddam Husayn poytaxtdan noma’lum tomonga qoçadi va yaşirinadi.
Iroq armiyasining sönggi bölinmalari Saddam Husayn tuğilgan Tikritda yiğilib qarşilik körsatadi. 15 aprel kuni bu şahar ham işğol qilinadi. Şundan söng Iroq armiyasi qarşilik körsatişni töxtatadi.
2003 yil 1 may kuni AQŞ prezidenti Kiçik Jorj Buş xalqaro koalitsiya kuçlari Iroqda ğalaba qozonganini e’lon qiladi.
2003 yil 13 dekabr kuni AQŞ harbiylari Saddam Husaynni Tikrit şahri yaqinidagi Ad-Daur manzilida yaşirinib yotgan joyidan topadi.
Qariyb ikki yil davom etgan tergov jarayonlaridan söng, 2005 yil 19 oktyabr kuni Saddam Husayn ustidan sud jarayoni boşlanadi. Öşa paytlarda Iroqda ölim jazosi qayta tiklanadi.

Sud Saddamni Iroq kurdlarini qatağon qiliş, şia mazhabidagilar yaşaydigan hududlarda qatliom ötkaziş, 1990 yilda Kuvaytga bostirib kiriş kabi bir qator işlarda aybdor deb topadi va uni ölim jazosiga hukm qiladi.
2006 yil 30 dekabr kuni Iroq vaqti bilan soat 6:00 da Saddamni osib öldirişga kirişiladi. Öşa kuni musulmonlarning muqaddas bayrami – Qurbon hayiti edi.
Jarayon AQŞdagi telekanallardan birida jonli körsatiladi. Bu iş musulmonlarining ğazabini keltiradi va öşa kuni dunyoning köplab şaharlarida AQŞga qarşi namoyişlar bölib ötadi.
Saddam osib öldirilganidan söng sobiq prezidentning jasadi u mansub bölgan Abu Nasr qabilasiga beriladi. U özi tuğilib ösgan Tikrit şahriga dafn etiladi.

AQŞ tomonidan Iroqning bosib olinişi va Saddam Husaynning qatl etilişi tafsilotlari şunday. Biroq bu uruşda yana bir iş sodir bölganki, uning tafsilotlari ham juda qiziq. Bu AQŞ armiyasiga tegişli Apache vertolyotining urib tuşirilişi bilan boğliq hodisa.
Apache vertolyotlarining urib tuşirilişi
2003 yil 24 mart kuni asosan Rossiya va yana bir qator arab saytlari Bağdoddan biroz uzoqlikda joylaşgan Karbalo şahri yaqinida AQŞning ikkita vertolyoti urib tuşirilgani haqida xabar tarqatadi.
Öşa kuni Iroq televideniyesi Bağdoddan 80 km masofa uzoqlikda amerikaliklarning Apache vertolyoti urib tuşirilgani, uni Ali Obid Minkaş ism-şarifli dehqon miltiq bilan nişonga olgani haqida lavha körsatadi.
Lavhada Ali Minkaş AQŞ harbiy vertolyotini Çexiyada tayyorlangan oddiy BRNO miltiği bilan urib tuşirganini aytadi. U hodisani gapirib berayotganda miltiq qölida böladi.
Şuningdek, öşa lavhada Ali Minkaş vertolyotni urib tuşirganidan söng uni boşqarib kelgan ikki amerikalik uçuvçini qölga olgani haqida aytib ötiladi.
Şundan söng Iroq va yana bir qator arab telekanallari Ali Minkaş haqidagi lavhalarni tez-tez efirga bera boşlaydi va u ekran yulduziga aylanadi.

Aprel oyi boşlarida Iroq prezidenti Saddam Husayn televideniye orqali Iroq xalqiga murojaat qilib, duşmanlarga qarşi kuraşni davom ettirişga çaqiradi.
Ana şu murojaatda Iroq rahbari Ali Minkaşning qahramonligini ham tilga olib, şunday deydi:
“Ehtimol siz oddiy BRNO miltiği bilan Amerikaning Apache vertolyotini urib tuşirgan iroqlik dehqonni eslarsiz. Duşmanlarga qattiq zarba bering. Duşmanlarga sobit iymoningiz bilan qattiq zarba bering, toki ular sizga yaqinlaşa olmasin”.
2003 yil aprel oyi örtalarida amerikaliklar Bağdodni egallab, Saddam Husayn davlatini yiqitadi. Şundan söng Kuvaytda çop etiladigan gazeta muxbirlari Ali Minkaşni qidirib topadi.
Öşanda muxbirlar Ali Minkaşni juda uzoq vaqt izlaydi. Topgandan söng undan vertolyotni qnday urib tuşirgani haqida söraydi.
Muxbirlar “Ali Minkaşdan köra Iroqning taxtdan ağdarilgan prezidenti Saddam Husaynni qidirib topiş osonroq bölardi” deb yozgan edi.
Ali Minkaş gazeta muxbirlari bilan suhbatda negadir vertolyotni urib tuşirganini va amerikalik uçuvçilarni qölga olganini inkor etadi.
“Men heç qanaqa Apache yoki boşqa vertolyotni urib tuşirmadim. Har kungi odatimga köra, ertalab dalamga bordim. Qarasam, u yerda qulab tuşgan vertolyot va uning içida bir neçta jasad yotibdi. Şunda men qörqib ketdim va darhol öşa atrofdagi harbiy postga borib, dalamda qulab tuşgan vertolyotni körganimni aytdim.
Şundan söng mendan vertolyot qulagan joyni körsatişni söraşdi. Öşanda dalamga Baas partiyasi a’zolari va xavfsizlik xizmati xodimlari kelişdi. Ular menga dalamda yotgan texnika amerikaliklarning Apache rusumidagi vertolyoti ekanini aytişdi. Söng yuqori lavozimli mansabdor ham keldi va ular mendan vertolyotni BRNO miltiği bilan urib tuşirganimni aytişimni söraşdi. Ularning aytganini qildim. Gapirayotganimda videoga olişdi. Siz körgan lavha öşa”.

Keyinçalik, AQŞ vertolyotlarining qulab tuşişi tafsilotlari ma’lum böladi. Unga köra, vertolyotlarning biri iroqliklar tomonidan havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi yordamida urib tuşirilgan. Ikkinçisida nosozlik kuzatilgan va u dala maydoniga majburiy qönişni amalga oşirgan.
Qiziği şundaki, Saddam Husayn ağdarilganidan söng Ali Minkaşni noma’lum şaxslar tunab ketadi. Bir neça kişi u yaşab turgan uyga kirib, Alini kaltaklaydi.
Söng uydagi pullarni, vertolyotni urib tuşirgani uçun berilgan qimmatbaho buyumlarni va öşa maşhur BRNO miltiğini olib ketişadi.
Öşa paytda Ali Minkaş 60 yoşlar atrofida bölgan va uning keyingi taqdiri ma’lum emas. Biroq hozirgi paytda internetda Ali Minkaş deb qidirilsa, u haqdagi xabarlar, uning AQŞ vertolyoti oldida, miltiğini baland kötarib tuşgan suratlari bor. Suratlar Iroq televideniyesida berilgan lavhadan kesib olingan.
Apache-64 vertolyotlari qaçondan boşlab işlab çiqariladi?
1972 yilda AQŞ mudofaa vazirligining aviatsiya boşqarmasi zamonaviy harbiy vertolyot işlab çiqariş böyiça tanlov e’lon qiladi.
Şunda tanlovda Boeing beşta, Grumman, Bell Helicopter, Hughes Helicopters, Lockheed, Sikorsky Aircraft ikkitadan loyiha bilan qatnaşadi.
Tanlov yakunida aviatsiya boşqarmasi Hughes Helicopters tomonidan tayyorlangan YAH-64 modelini tanlab oladi. Bu vertolyotga Apache deb nom beriladi (Apache-hindu qabilasining nomi).
1975 yilda dastlabki Apache-64 vertolyotining birinçisi işlab çiqariladi va sinov parvozlari boşlanadi. Bu jarayon bir neça yil davom etadi. 1982 yilda Apache-64 vertolyotlarini seriyali işlab çiqariş boşlanadi
Biroq oradan bir yil ötgaç, 1984 yilda Hughes Helicopters kompaniyasini McDonnell Douglas kompaniyasi sotib oladi. Öz özidan buyurtma ham McDonnell Douglasʼga ötadi.
Şundan söng kompaniya AQŞ armiyasiga zamonaviy vertolyotlarni yetkazib bera boşlaydi. 1997 yilda Apache-64 vertolyotlarini işlab çiqariş huquqini Boeing sotib oladi.
Keyinçalik Boeing Apache-64 vertolyotlarini işlab çiqariş litsenziyasini Italiya–Angliya qöşma korxonasi bölgan Agusta Westland kompaniyasiga ham sotadi Hozirda mazkur vertolyot Yevropada ham, AQŞda ham işlab çiqarilmoqda
Apache-64 vertolyotlari AQŞ armiyasi bilan birga yana köplab davlatlarga sotilgan. Jumladan, AQŞ bilan yaqin harbiy hamkorlik örnatgan Gretsiya, Misr, Hindiston, Qatar, Kuvayt, BAA, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya, Isroil, Britaniya, Niderlandiya, Yaponiya va Indoneziyada Apache-64 vertolyotlari bor. Şuningdek, Polşa ulardan qariyb 100 ta buyurtma bergan.
Umumiy hisobda bu vertolyotning bir neçta rusumidan hozirgaça 2 700 donadan ortiq işlab çiqarilgan. Uning narxi rusumiga va jihozlanişiga qarab 50-60 mln dollar atrofida böladi.
Apache vertolyotlari qatnaşgan uruşlar
Apache vertolyotlari şu paytgaça bir qator uruşlarda, qurolli mojarolarda qatnaşgan. Ular quyidagilar:
Fors körfazidagi uruş. 1990 yil avgustda Iroq qöşnisi Kuvayt davlatiga bostirib kiradi va uni egallaydi. Xalqaro taşkilotlar va kollektiv Ğarbning Iroq rahbari Saddam Husayndan Kuvaytdan öz armiyasini olib çiqişini talab qilişadi. Biroq u pisand qilmaydi.
1991 yil yanvarda AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa hujum boşlaydi. Fevral oyi oxirida Iroq yengiladi va Kuvaytdan armiyasini olib çiqadi.
Apache vertolyotlari ana şu uruşda faol qatnaşib, Iroq armiyasi ustidan qozonilgan ğalabaga hissa qöşadi.
Yugoslaviya uruşi. Yugoslaviya uruşi davom etayotgan paytda AQŞning Albaniyadagi harbiy bazasida Apache vertolyotlari ham bölgan. Ayrim ma’lumotlarda ular uruşda qatnaşmagani aytiladi. Serblar esa buning aksini aytişadi va bir neçta Apache vertolyotini urib tuşirganini da’vo qiladi.
Yuqoridagilardan taşqari Apache AQŞning Iroqqa qarşi olib borgan uruşida, şuningdek, Afğoniston va Yamanda, Isroilga tegişlisi esa Livandagi “Hizbulloh” jangarilariga qarşi ötkazilgan qurolli töqnaşuvlarda qatnaşgan.
Eron urib tuşirgan Apache
2026 yil fevral oyi oxirlarida AQŞ va Isroil Eronga raketa zarbalari bera boşladi. Forslar ham bunga javoban AQŞning Arab körfazi davlatlaridagi harbiy bazalariga, strategik muhim obektlarga va Isroilga javob zarbalari berdi.
Mojaro hanuzgaça davom etyapti, garçi muzokara jarayoni ketayotgan bölsa-da, tomonlar bir biriga zarba yöllab turibdi.
9 iyun kuni Hörmuz böğozi yaqinida AQŞ armiyasiga tegişli Apache vertolyoti qulab tuşdi. Köp ötmay vertolyot Eronning kamikadze droni tomonidan nişonga olingani ma’lum böldi.
Bunga javoban AQŞ harbiylari Eronning 20 ga yaqin nişoniga zarba berdi. Jumladan, Eron havo mudofaasi tizimlari, yerusti boşqaruv stansiyalari va kuzatuv radar obyektlari nişonga olingan.
Öşanda Eron Apache urib tuşirilganini katta muvaffaqiyat deb e’lon qildi. Donald Tramp esa bitta vertolyotning yöqotilişi katta muammo emasligini va uçuvçilar qutqarilganini aytib çiqdi.
Apache urib tuşirilgaç, AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar bir muddat töxtab qoldi. Oxir-oqibat tinçlik sulhi AQŞda futbol böyiça jahon çempionati boşlanguniga qadar imzolanmadi va biroz avval aytib ötganimizday, tomonlar goh gohida bir biriga zarbalar yöllab turibdi.
Qisqasi, bir paytlar afsonaviy deb ta’rif berilgan Apache vertolyotlari Eron urib tuşirganidan söng birmunça afsonaviyligini yöqotdi. Çunki uni oddiy kamikadze dron bilan ham bemalol nişonga olsa bölarkan.








