Jahon | 20:12 / 12.09.2016
6728
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi Jukovskiy xalqaro aeroporti ilk reysni qabul qildi

Moskva shahrida 2016 yilning may oyida ochilish marosimi o‘tkazilgan Jukovskiy xalqaro aeroporti ilk reysni qabul qildi.

TASS agentligi xabariga ko‘ra, ilk samolyot Belarus poytaxti Minsk shahridan uchib kelgan, «Belavia» aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyoti bo‘ldi. Ayni vaqtda Rossiya poytaxtidagi bu aeroportdan faqat Belarus poytaxtiga xalqaro parvozlarni amalga oshirish mumkin.

Aeroport vakilining xabar berishicha, Belarusdan Moskvaga bu reysi bilan 133 yo‘lovchi kelgan. Qaytishda esa samolyot 88 yo‘lovchini olib uchishi kutilmoqda.

Ushbu aeroport Moskva transport tizimida to‘rtinchi aeroport bo‘lib, bu aeroportni shahar bilan bog‘lovchi temir yul 2018 yilga qadar qurib bitkazish rejalashtirilgan.

Aeroport shahar chegarasidan 28 km masofada joylashgan bo‘lsada, unga olib boruvchi avtomobil yo‘llari doimo tirband, "Aeroekspress" tezyurar poyezdi  esa 2018 yilda ishga tushadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid