«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi Belarusning «Belavia» aviataşuvçisi bilan havo yöllaridan birgalikda foydalaniş (kod-şering) töğrisida şartnoma imzoladi. Bu haqda, milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikkala aviakompaniya yölovçilari «qulay narxlar böyiça sayohat qiliş, şuningdek, Minsk orqali tranzit yöli orqali Yevropa va MDH davlatlaridagi punktlar, Toşkent orqali esa Markaziy va Şarqiy Osiyo aeroportlariga uçganda, qulay tutaş yöllardan foydalaniş» imkoniyatiga ega böladi.
Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, «Özbekiston havo yöllari» va «Belavia» örtasida interlayn-kelişuv - elektron çiptalarni özaro tan oliş va boşqa qulayliklarni yaratiş imkoniyati amal qiladi.











