Sport | 23:03 / 12.09.2016
43699
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yinda ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi

Rossiyaning Bratsk shahrida o‘smirlar o‘rtasida «Hamdo‘stlik kubogi-2016» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Tojikiston vakillari ishtirokidagi final bahsida janjal kelib chiqqan.

Hisob tojikistonliklar foydasiga 2:1 holida davom etayotganida, tojikistonlik futbolchilaridan biri raqibga nisbatan ruxsat etilmagan so‘zlarni ishlatgan. Natijada ikki futbolchi mushtlashib ketgan. Keyinchalik janjal kattalashib, unga barcha futbolchilar qo‘shilgan. Tez orada murabbiylar va muxlislar ham ularni ajratish uchun maydonga tushib kelgan.

Politsiya aralashuvidan keyingina janjal bartaraf etilgan. Lekin o‘yinni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan va kubok egasi aniqlanmasdan qolgan.

Bu yil Bratskda bo‘lib o‘tgan musobaqada Tojikiston, O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarboyjon jamoalari ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, Bratskda tashkil qilingan ushbu kubokning asl maqsadi – shaharda yashayotgan turli Hamdo‘stlik mamalakatlari diasporalari orasidagi do‘stona munosabatlarni kuchaytirish edi.

Mavzuga oid