12 yoshli bolakay buvisini ko‘rish uchun otasining avtomobilini olib qochdi
Germaniyada ota-onasining turli vajlarni ro‘kach qilaverishidan charchagan 12 yoshli bolakay shunday qaltis ishga qo‘l urdi. U, buvasi va buvisini sog‘ingani va ularni borib ko‘rgisi kelgani uchun 200 kilometrdan ortiq yo‘lni mashinani boshqarib o‘tkazdi. The Local nashrining xabar qilishicha, bolakay avtomagistral bo‘ylab harakatlangan, biroq qoidalarga rioya etib, aniq harakatlangani bois, politsiya e'tiborini tortmagan.
Bolakay, ko‘p marotaba ota-onasidan uni qarindoshlarinikiga olib borishni so‘ragan, biroq safar har doim ortga surilavergan. Shundan so‘ng, bola mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qaror qilib, otasining mashinasida Saksoniyadan Bavariyaga yo‘l olgan. Unga 13 yashar o‘rtog‘i hamrohlik qilgan.
Mashina va bolalarning yo‘qligini aniqlagan ota-onaning hushi boshidan uchib, politsiyaga murojaat qilgan. Biroq, huquq posbonlaridan avvalroq, bolakayning o‘zi xursand holda ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, buvasi va buvisinikida mehmonda ekanidan xabardor qilgan. U, gap orasida otasidan mashinani o‘g‘irlashga majbur bo‘lgani uchun kechirim ham so‘rab qo‘ygan. Bundan biroz ko‘ngli tinchigan ota-ona o‘g‘liga bir kecha buvisi bilan tunashni maslahat berishgan.
Bavariya politsiyasida aytishlaricha, baxtli tasodif tufayligina, tezyurar magistralda harakatlangan bolalar avtohalokatga uchramagan. Ular, qilmishi tufayli bolaga dakki bergan bo‘lsa-da, unda avtomobilni boshqarishga tug‘ma iqtidor borligini e'tirof etishgan. Bolakay yoshligi sababli jazoga ham tortilmagan.
Mavzuga oid
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
10:40 / 17.10.2024
Bavariyadagi shahar meri yangi ukrainalik qochqinlarni qabul qilmadi
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
12:27 / 18.09.2024