Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 70dan ortiq Galaxy Note 7 smartfonining yonib ketish holati qayd etilgan
Galaxy Note 7 sotuvga chiqarilgan kundan boshlab AQShda smartfonning 70dan ortig‘ida yonib ketish holati qayd etilgan. Bu haqda Samsung va Kanada hukumatining qo‘shma bayonoti xabar qiladi.
Samsung kompaniyasining 2 sentabrdagi matbuot anjumanida xabar berishicha, hozirgi kunga qadar dunyo bo‘ylab Note 7 qurilmasining faqatgina 35ta yonganlik holati ma'lum.
Biroq 13 sentabr kuni Kanada hukumatining saytida yangilangan ma'lumotlar paydo bo‘ldi.
"Health Canada va Samsung Canada yana bir smartfon batareyasining yonib ketganini qayd etdi. Voqea natijasida hech kim jabr ko‘rmagan. AQShda Samsung 70dan ortiq shunga o‘xshash holatni qayd etgan", - deyiladi Kanada hukumati saytining bayonotida.
Hukumat ma'lumotiga muvofiq, sotuvga qo‘yilgan vaqtdan boshlab Kanadada tezkor qaytarib olinishni talab qiluvchi 21 953 yaqin qurilma sotilgan.
Ayni damda ko‘plab aviakompaniyalarning samolyotlarida Note 7’ni quvvatlash va yoqish man etilgan, OAV ma'lumotiga ko‘ra, Samsung esa tez orada foydalanuvchilarga yanada xavfliroq smartfonlarni topshirishga majburligi tufayli qurilmalarni masofadan turib o‘chirish imkonini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
11:25 / 14.01.2026
2025 yilda sotilgan har 5 smartfonning bittasi iPhone bo‘ldi
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
21:49 / 12.01.2026