Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining tashqi qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qilishicha, bugun, 13 iyun kuni soat 10:21 da Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi (fasadi) yonayotgani haqida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan qutqaruv bo‘linmalari soat 10:23 da voqea joyiga yetib borgan va hozirda yong‘inni o‘chirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, xavfsizlik choralari doirasida ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari tashkil etilgan.
Ma’lum qilinishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.