Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda siqilgan gaz balloni o‘rnatilgan avtomobil portladi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joylashtirilgan xabarga ko‘ra, Andijonda yengil mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bergan.
11 sentabr kuni viloyatning Asaka tumanida gaz to‘ldirish shaxobchalaridan birida yoqilg‘i to‘ldirayotgan Lachetti rusumli avtomobil portlab ketgani natijasida mashina butunlay yaroqsiz holga kelgan. Xabarlarga ko‘ra, baxtli tasodif tufayli qurbonlar yoki jarohatlanganlar yo‘q. Atrofdagi mashinalarni portlash to‘lqinidan monolitli to‘siqlar saqlab qolgan.
Ayrim haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, garchi ko‘pchilik siqilgan gazni xavfli deb bilishsa-da, aslida gaz ballonlari to‘g‘ri o‘rnatilsa va foydalanilsa, shuningdek, doimiy ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turilsa, bunday voqealar yuz bermasligi mumkin.

Mazkur voqeani muhokama qilgan "Voditeli Tashkenta" guruhi a'zolarining ayrimlari, gaz ballonga me'yoridan ortiq yoqilg‘i yuborilgan bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilishgan.


Manba: nuz.uz
Mavzuga oid
14:58 / 08.07.2026
Qashqadaryoda harakatdagi mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026