Qaşqadaryo viloyatida harakatdagi maşinaning gaz balloni portladi. Hodisa haqida Qaşqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 8 iyul kuni ertalab Muborak tumanining Quruvçilar mahallasi hududidan ötgan A-380 “Qarşi–Buxoro” avtomobil yölida sodir bölgan.

54 yoşli haydovçi J.J. Nexia maşinasini Qarşi şahridan Buxoro viloyati tomon boşqarib ketayotganda avtomobilga örnatilgan gaz ballon portlagan. Oqibatda maşinada bölganlardan biri voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, 2 kişi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Muborak tumani IIB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qaşqadaryoda köçada turgan Damas portlab ketgandi.