Jahon | 22:13 / 13.09.2016
7034
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton saylovoldi kampaniyasini 16 sentabrdan davom ettiradi

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton 16 sentabr kuni saylovoldi kampaniyasi doirasidagi marosimlarda ishtirok eta boshlaydi. Bu haqda NBC New York xabar bergan.

Klinton afroamerikaliklar huquqlarini himoyalashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etishi mo‘ljallangan. Bu marosim Vashingtonda o‘tkaziladi.

Xabar qilinishicha, Klintonning rejalari uning sog‘ligi holatiga ko‘ra o‘zgarishi ham mumkin.

Klinton 11 sentabr kungi marosimda o‘zini juda yomon his qilib, marosimni tark etishga majbur bo‘lgach, uning prezidentlik poygasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid