20:18 / 20.04.2018
3723

Erdo‘g‘an o‘zining saylovoldi kampaniyasi boshlanganini e'lon qildi 

Foto: AP Photo / Kayhan Ozer

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 20 aprelda muddatdan avvalgi prezident va parlament saylovlari munosabati bilan o‘z saylovoldi kampaniyasi boshlanishini e'lon qildi.   

Erdo‘g‘an 18 aprelda Turkiyadagi muddatdan avvalgi prezident va parlament saylovlari 24 iyunda bo‘lib o‘tishini e'lon qilgandi. Uning aytishicha, bu hokimiyatning prezident tizimiga tezroq o‘tishi uchun zarur.

“Bizning kampaniya boshlandi. Manifest Istanbulda Adolat va rivojlanish partiyasining kongressida eshittiriladi. Milliy harakat partiyasi (Adolat va rivojlanish partiyasining alyans bo‘yicha hamkori) ham biz kabi shu yo‘nalishda ishlamoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga.  

Top