Change.org saytida 19 dekabrga möljallangan rasmiy ovozga qöyiş jarayonida Saylovçilar kollegiyasini demokrat Hillari Klintonga ovoz berişga çaqiruvçi elektron petitsiya çop etildi. 

Petitsiya muallifi AQŞ aholisining aksariyati siyosatçiga ovoz berganini ta'kidlab, davlat rahbari lavozimi Trampga nasib qilganini saylovçilar tanlovi bilan izohladi. Biroq matnda Oq uyning boşqa nomzodga beriliş ehtimoli mavjudligi ta'kidlangan. "Nima uçun demokratiya ğalabasi uçun eng nodemokrat institutdan foydalanilmasligimiz kerak ekan?", - deya mulohaza yuritadi muallif. 

"Janob Tramp prezident lavozimiga töğri kelmaydi. Uning qiziqqonligi, birovlarning ustidan kulişi, yolğon sözlaşi, zöravonligi, şuningdek tajribasining yöqligi - Respublikani xavf ostiga qöyadi. Klinton xalq saylovida ğolib böldi va u prezident bölişi kerak", - deyiladi petitsiya matnida.

Hujjatni hozirga qadar 1,9 milliondan ortiq kişi imzolagan. 

Eslatib ötamiz, AQŞ prezidentligiga saylovlar 8 noyabrda bölib ötdi. Klinton xalq saylovida ğalaba qozondi, biroq saylovçilarning aksariyati Trampni qöllab-quvvatladi.