Jahon | 09:28 / 13.09.2016
8187
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Foto: RIA

Rossiya va Tojikiston qurolli kuchlarining 800 nafar harbiy xizmatchisi Lyaur tog‘li poligoni hududida jangovar o‘qotar qurollardan foydalangan holda qo‘shma taktik mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi, deb xabar qilmoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.

"Lyaur tog‘li poligonida jangovar o‘q otish bilan olib boriladigan qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandi. Unda 201 harbiy baza va Tojikiston respublikasi qurolli kuchlari bo‘linmalari ishtirok etmoqda. 201 harbiy bazaning bir guruh bataloni xatar signali bilan harbiy texnikalarda poligonga tashlangan", — deyiladi xabarda.

Bir hafta mobaynida askarlar, serjant va ofitserlar tog‘li hududda qator vazifalarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Ular, mudofaa va hujum qilish, jinoiy guruhlarni aniqlab, ularni yo‘q qilish, manyovrlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishadi. Mashg‘ulotlarda 200 ga yaqin harbiy texnikadan foydalanilmoqda.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid