Jahon | 09:33 / 13.09.2016
5177
1 daqiqa o‘qiladi

Julian Assanj Ekvador elchixonasida tergov beradi

Foto: focus.ua

Shvetsiyada jinsiy tajovuzda ayblanayotgan WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjning so‘rog‘i 17 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekvador prokuraturasi Shvetsiya hukumatiga yuborgan axborotida ma'lum qilgan, deya xabar qilmoqda Andes agentligi.

Assanjning tergovchilar bilan uchrashuvi Ekvadorning Londondagi elchixonasida tashkil etiladi. Uni ekvadorlik prokuror Uilson Toainga ikki nafar shvetsiyalik hamkasbi bilan birga o‘tkazadi. Qayd etilishicha, Toainga Assanjdan “jismoniy suyuqligi” namunasini berishni so‘raydi. Assanj buni rad etishga haqli ekani ta'kidlanmoqda. Shvetsiyalik prokurorlar taqdim etadigan so‘roqlar mamlakat Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan. 

Avvalroq, Shvetsiya hukumati Assanjni Ekvadorning Londondagi elchixonasida so‘roq qilishga ruxsat bergani xabar qilingan edi.
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid