Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida Ekvador bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari böyiça maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
Urunovning qayd etişiça, muzokaralarni yakunlaş töğrisidagi bayonnoma 6 noyabr kuni imzolangan.
«Ekvador tomoniga konstruktiv muloqot va qöllab-quvvatlaş uçun samimiy minnatdorlik bildiraman. Biz bu jarayonga töliq işonamiz va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan faxrlanamiz. Işlar davom etmoqda — oldinda JSTning yana ikkita a’zosi turibdi», — deb yozdi u LinkedIn’da.
Avvalroq, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida Kanada va Panama bilan ham ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagani xabar qilingandi.








