FT: Bayer korporatsiyasi Monsanto kompaniyasini xarid qildi
Germaniyaning Bayer kimyo va farmatsevtika kompaniyasi Amerikadagi raqobatchisi Monsanto bilan qo‘shilganini e'lon qildi, deb yozmoqda Financial Times.
Xabar qilinishicha, Bayer Amerika kompaniyasining har bir aksiyasiga 128 dollardan to‘lashga rozi bo‘lgan. Shunday qilib, bitimning umumiy summasi 65 mlrd dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, kompaniyalar bitim amalga oshmay qolgan taqdirda, 2 mlrd dollarlik tovon xususida ham kelishib olgan.
FT nashrining qayd etishicha, Monsanto bilan amalga oshirilgan bitim dunyodagi eng yirik qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining urug‘lari va pestitsidlar ishlab chiqaruvchisi paydo bo‘lishiga imkon beradi. U, shuningdek, Germaniya kompaniyasining xorijdagi eng yirik xaridi bo‘ladi.
Mazkur yangilikdan so‘ng, Bayer aksiyalari tannarxi 3 foizga ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
14:47 / 11.06.2024
O‘zbekiston va Hongkong huquqiy sohada qo‘shma bitimlar ishlab chiqadi
10:12 / 11.06.2024
O‘zbekiston MDHda sud-ekspertlik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
10:27 / 10.10.2023
Masofadan amalga oshiriladigan notarial harakatlar doirasi kengayadi
07:28 / 21.07.2023