Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal. O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi o‘yinda so‘nggi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Futzal bo‘yicha JCh—2016 doirasida «A» guruhining 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Kolumbiya mezbonlik qilayotgan mundialdagi ishtirokini Panamaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lish bilan boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi 2-turda mezbonlar jamoasiga qarshi o‘ynadi va dastlabki ochkosini ishladi.

O‘zbekistonlik futzalchilar bellashuvda mezbonlarni mag‘lub etishga yaqin edi.


Ammo uchrashuv yakuniga 13 soniya qolganida 3:2 hisobida oldinda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar hisobni saqlab qola olmadi.

Ilk turda Portugaliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan Kolumbiya navbatdagi ochkosini oldi.
2-turning yana bir uchrashuvida Portugaliya Panamani 9:0 hisobida mag‘lub etgan va keyingi bosqich masalasini hal qilgan.
Guruhdagi 3-tur uchrashuvlari 17 sentabrga belgilangan. Uchinchi turda Panama-Kolumbiya va O‘zbekiston-Portugaliya bahsi o‘tkaziladi.
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati, «A» guruhi, 2-tur
Kolumbiya - O‘zbekiston
Gollar: Abril (17'45''), Anxelott Karo (37'03'', 39'47'') — Javlon Anorov (4'39''), Dilshod Irsaliyev (14'25''), Nodir Eliboyev (28'43'')
Ogohlantirishlar: Yyefri (21), Ortis (16), Abril (16)
Kolumbiya: 1.Nanez, 6.Siyerra, 8.Abril, 10.Anxellot, 14.Andres Reyyes.
Zaxira: 12.Mexia, 2.Ortis, 3.Suniga, 4.Yeisson, 5.Yyefri, 7.Jonatan, 9.Yulian, 11.Bolivar, 13.Otero.
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov (S), 14.Konstantin Sviridov
Zaxira: 12.Akmal Hazratqulov, 2.Dilshod Irsaliyev, 3.Nodir Eliboyev, 4.Xurshid Tojiboyev, 5.Davron Choriyev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhomjon Hamroyev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.
Mavzuga oid
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
23:13 / 05.01.2026
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
19:32 / 05.01.2026
Kolumbiya prezidenti Trampning tahdididan keyin xalqdan yordam so‘radi
16:01 / 05.12.2025