Amerika mundiali hayratlantirişda davom etmoqda. Ikki kun avval heç kim tanimaydigan Kabo-Verde darvozaboni Vozinya bir kunda dunyo futboli yulduziga aylangandi. Bugun tongda yana bir daho hamon çöqqida ekanini barçaga eslatdi. Tunda Mbappening ajoyib öyini va Holandning dublidan keyin şahzodalar kuraşga kirişdi degan mazmunda çiqiş qilişga tayyorlangandim, lekin tongda «çangalzor qiroli» kelib bir latifada aytilganidek «hammani haydab yubordi».

Messi Klozega yetib oldi

Keça tunda Senegal darvozasiga ikki ajoyib gol urgan Kilian Mbappe mundiallarda urgan gollari sonini 14 taga yetkazib, bu borada Messini ortda qoldirgan va uçinçi öringa kötarilib olgandi. Oltinçi JÇni ötkazayotgan Messi esa tongda Jazoir darvozasiga naq uçta gol urdi.

Messi va Ronaldu şunaqa köp gol urganki, ularning har bir neçta golidan keyin qanaqadir rekordlar yangilanaveradi. Bugungi gollaridan keyin Messi JÇlari tarixidagi eng yaxşi töpurar Miroslav Klozega yetib oldi. Men bu rekordni keyinçalik Mbappe uzoq vaqt yangilab bölmaydigan holatga keltirib qöyişiga işonaman. Çunki fransuz hali yana 2-3 mundialda qatnaşsa kerak, buning ustiga keyingi öyin Iroq bilan. Lekin 39 yoşga kirayotgan Messi hamon eng zörlar bilan kuraşib yurgani tahsinga sazovor.

Leo şu kuni Argentina milliy jamoasi safidagi 200-öyinida maydonga tuşdi. Dahşat, 200 ta öyin-a! U Jazoirga qarşi öyinda Argentinani 20-marta JÇ öyinida sardor sifatida boşlab tuşdi. Bu mutlaq rekord. Hujumçi 2006 yil Serbiya va Çernogoriya darvozasiga gol urib Argentinaning mundiallarda gol urgan eng yoş futbolçisiga aylandi. 20 yil ötib endi Argentinaning JÇlarida gol urgan eng yoşi katta futbolçisiga aylandi. 20 yil sport formasini bu qadar yaxşi uşlab turiş möjizaning özi.

Leoni «nafaqaga kuzatişgandi»

Lionel Messi, şubhasiz, futbol tarixidagi eng yaxşi atletlardan biri. U «Barselona»dan klub rahbariyati sabab ketib, PSJga ötdi. Fransiyada ham juda köp gol urdi, assistlat berdi, sovrinlar yutdi, lekin undan ÇLda ğoliblik kutişgandi, şu sabab faoliyati muvaffaqiyatsiz deb baholandi. Futbolçining özi ham Parijda baxtli bölmaganini tan oldi. Axir «Barselona» ramziga aylangan futbolçi qanday qilib Yevropaning boşqa jamoasiga moslaşib ketsin?

Keyin unga Saudiyadan aql bovar qilmas maoş taklif qilişdi. Arablar öz çempioatlarida Messi – Ronaldu töqnaşuvini körişni istagandi. Lekin Leo ança kam maoşga Amerika jamoasiga ötib ketdi. U azaldan Amerikani yaxşi körgani, oilasi bilan birga qaror qabul qilganini aytdi. Şu-şu közdan panada, olis Amerikada futbol öynab yurdi.