JÇ-2026. K guruhi. 1-tur
Özbekiston – Kolumbiya 1:3
Gollar: Fayzullayev 61 – Munios 41, Dias 66, Kampas 90+9.
Özbekiston: Yusupov, Karimov, Husanov, Aşurmatov (Örozov 77), Abdullayev, Nasrullayev (Sayfiyev 46), Mozgovoy, Şukurov, Örunov (Hamdamov 46), Fayzullayev (Amonov 77), Şomurodov (Sergeyev 90+3).
Kolumbiya: Vargas, Munyos, Sançes, Lukumi, Moxika, Puerta (Rios 80), Lerma, Rodriges (Kampas 72), Arias (Kastanio 90+3), Dias (Gomes 90+3), Suares (Ernandes 80).
Ogohlantirişlar: Moxika 7, Husanov 34.
Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatidagi iştirokini mağlubiyat bilan boşladi. Mexiko şahridagi «Atsteka» stadionida Kolumbiyaga qarşi ötkazilgan öyin 1:3 hisobida yakunlandi.
Birinçi bölimda töliq taşabbusga egalik qilgan janubiy amerikaliklar 40-daqiqada hisobni oçdi. Angliyaning «Kristal Pelas» klubida öynovçi qanot himoyaçisi Daniel Munios «Bavariya» vingeri Luis Diasning uzatmasini golga aylantirdi – 0:1.
Kannavaro tanaffusdayoq tarkibda özgarişlarga qöl urdi: çap qanot himoyaçisi Şerzod Nasrullayev örniga Farrux Sayfiyev, çap qanot vingeri Oston Örunov örniga esa Dostonbek Hamdamov maydonga tuşirildi.
60-daqiqada Şomurodov xavfli vaziyat yuzaga keltirdi: uning zarbasidan keyin töp darvozabon orqali böş darvoza qarşisida turgan Abbosbek Fayzullayevga yetib keldi va uşbu yarimhimoyaçi Özbekiston milliy jamoasining jahon çempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.
Ammo köp ötmay Kolumbiya yana hisobda oldinga çiqib oldi. Şomurodov maydon markazida töp oldirdi va tezkor qarşi hujumni Luis Dias gol bilan yakunladi – 1:2.
Öyinning sönggi daqiqalarida Osiyo vakillari töliq kuç bilan şturm uyuştirişdi, natijada himoya çiziğida katta böşliq yuzaga keldi va uçinçi gol ham ötkazib yuborildi. Örozov töpni uzoqlaştirişni paysalga soldi va töpga ega çiqqan Kuço Ernandes töpni qanotdan darvozabon hududiga uzatdi, u yerda turgan Haminton Kampas boş bilan Yusupov qöriqlayotgan darvozani işğol etdi – 1:3.
Öyinning sönggi daqiqasida Özbekistonda hisobni qisqartiriş uçun imkoniyat böldi, ammo Behruz Karimovning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasidan keyin töp darvoza tösiniga bordi.
Birinçi turdan keyin Kolumbiya 3 oçko bilan guruhda peşqadamlik qilmoqda, Özbekiston esa törtinçi örinda qoldi.


















