Jahon | 11:12 / 14.09.2016
4776
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning yirik kompaniyalari sobiq bosh menejyerlari korrupsiyada ayblanmoqda

XXR Oliy xalq prokuraturasi dunyodagi yirik neftgaz korporatsiyalardan biri CNPC hamda Xitoydagi eng keksa FAW avtomobil kompaniyasi sobiq bosh menejyerlari hamda Futszyan viloyati gubernatori o‘rinbosariga nisbatan rasman korrupsiya aybini ilgari surdi, deya xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, CNPC korporatsiyasining sobiq rahbari Lyao Yun'yuan uchinchi shaxslar manfaatlari uchun yirik miqdorda pora olganlikda va lavozimini suiiste'mol qilganlikda ayblanmoqda. Ta'kidlanishicha, uning sarf-xarajatlari qonuniy daromadlaridan oshib ketgan. Sobiq top menejyer moliyaviy mablag‘lar manbasini izohlab bera olmagan. 

FAW avtomobilsozlik kompaniyasining sobiq bosh menejyeri Syuy Tszyanin ham yirik miqdorda pora olganlikda va xizmat lavozimidan g‘arazli maqsadlarda foydalanganlikda ayblanmoqda. Futszyan viloyati rahbarining sobiq o‘rinbosari Syuy Ganga nisbatan ham shu kabi ayblovlar ilgari surilayapti. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid