Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng keksa erkak diniy balog‘at yoshiga yetish marosimini nishonladi
Dunyodagi eng keksa erkak, isroillik Israel Kristal Birinchi jahon urushi sababli o‘tkazib yuborgan bar-mitsvasini (yahudiylarda diniy balog‘at yoshiga yetganlikni anglatuvchi udum) o‘tkazdi.
Uning qizi u bar-mitsvani Xayfadagi sinagogada do‘stlari va oilasi bilan nishonlaganini ma'lum qildi.
Kristal 1903 yilda Polshada tug‘ilgan. U o‘z bar-mitsvasini 1916 yilda nishonlashi kerak bo‘lgan, biroq uning onasi 3 yil avval vafot etib ketgan bo‘lgan, otasi esa o‘sha yili Rossiya armiyasi safiga chaqirtirilgan.
Bar-mitsva – iudaizmda (yahudiylar dini) yahudiy bola yoki qizning diniy balog‘at yoshiga (13 yosh va 1 kun bolalar va 12 yosh va 1 kun qizlar uchun) yetishida o‘tkaziladigan udum.
Qariya Ikkinchi jahon urushida Osventsim o‘lim lageridan omon qolgan, biroq u yerda rafiqasi va ikki farzandini yo‘qotgan.
1950 yilda Kristal o‘zining ikkinchi rafiqasi va o‘g‘li bilan Isroilga ko‘chib ketgan.
Kristal 2016 yil 19 yanvarda Yasutaro Koide vafotidan keyin dunyoda yashayotgan eng keksa erkak deb tan olingan.
Mavzuga oid
14:15
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026