Ğazo şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida Hamas hukumati media idorasi rahbari Ismoil al-Slavabta nazorat organi hisoblangan «Hukumat favqulodda qömitasi» tarqatib yuborilganini aytdi.

«Bu kelişilgan çoralarni amalga oşirişdagi jiddiyligimizni körsatadi va ma’muriy ötiş jarayonini osonlaştiriş maqsadini közlaydi», dedi Ismoil. Reutersning Hamas rasmiysiga tayanib yozişiça, vazirliklarning özi va tayinlangan xodimlar öz joyida qoladi

Hamas rasmiysining bildirişiça, guruh Ğazo hududida Isroilning genotsid körinişidagi uruşiga çek qöyiş böyiça AQŞ qöllab-quvvatlayotgan reja asosida — Ğazoni boşqariş böyiça Milliy qömitaning tezroq hududga kirişini istaydi.

«Hamas – öz tajovuzi va qirğinbarot uruşini davom ettirayotgan okkupatsiya uçun har qanday bahonalarni yöq qiliş maqsadida endilikda Ğazo sektorini boşqarmaslik böyiça yangi qadam taşladi», deya Hamas rasmiy vakili Hazim Qosimning sözlarini keltirmoqda AFP.

Ğazo şahridan xabar berayotgan Al Jazeera muxbiri Xani Mahmudning aytişiça, Hamasning uşbu bayonoti «siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega».

«Bu muzokaralarni olğa siljitiş, texnokratik qömitaning sektorga kelişi hamda u yerdagi hokimiyat vakuumidan söng mas’uliyatni öz zimmasiga olişiga yöl oçiş uçun Hamas tomonidan qilingan yon bosişlarning bir qismi sifatida körilmoqda», deydi u.

Şuningdek, Mahmud uşbu qadam – Hamasning Ğazodagi siyosiy yoki harbiy rolidan voz keçayotganini anglatmasligini, aksinça, «Ğazodagi bevosita fuqarolik hukumatidan çekinayotganini» ta’kidladi.