Xitoy TIV KXDRga bir tomonlama sanksiyalar qo‘llanishiga qarshi chiqdi
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I yaponiyalik hamkasbi Fumido Kisida bilan suhbati vaqtida Xitoy tomoni KXDRga qarshi biryoqlama sanksiyalar qo‘llanishiga qarshi ekanini ma'lum qilgan. Bu haqda Xitoy TIV xabarida aytilgan.
Vazirlarning muloqoti Yaponiya tomoni tashabbusi bilan tashkillashtirilgan.
"Xitoy Koreya yarim orolidagi vaziyat yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining boshqa vakillari bilan bir xil fikrda. Lekin Xitoy tomoni bir tomonlama sanksiyalar qo‘llanishiga rozi emas, chunki bu muammoni hal etmaydi", degan Van I.
Xitoylik vazirining qayd etishicha, voqealar rivoji qay tariqa kechganda ham muzokaralar boshlash harakatlaridan chekinmaslik kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yuzaga kelgan vaziyat muzokaralarni tiklash zaruratini yuzaga keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni KXDR o‘z tarixidagi beshinchi yadro sinovini o‘tkazdi.
Shimoliy Koreya yadro quroliga ega ekani haqida 2005 yili e'lon qilgan, 2006 yili esa birinchi marta yadroviy sinovlarni o‘tkazgan edi. Mazkur sinovlar sabab, mamlakat xalqaro sanksiyalar ta'siri ostida qolgan.
Pxenyan iqtisodiy yordam va sanksiyalarni bekor qilish evaziga o‘z yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha bir necha bor muzokaralar boshlagan. Biroq muzokaralarga urinishlar hozircha natija bergani yo‘q, KXDR esa yadroviy sinovlarni o‘tkazishda davom etmoqda, bunga javoban esa yangi sanksiyalar joriy etilmoqda.
Mavzuga oid
19:12
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
23:30 / 14.11.2024
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024