Jamiyat | 00:01 / 15.09.2016
13416
2 daqiqa o‘qiladi

Poyezd mashinisti ish vaqti tugashi bilanoq poyezdni yo‘lning qoq o‘rtasida tashlab ketdi

Ispaniyada Santanderdan Madrid shahriga ketayotgan poyezd mashinisti uni yarim yo‘lda ish tugagani sababli to‘xatdi. Renfe temir yo‘l kompaniyasi mashinist o‘rniga hech kimni topa olmagani sababli 109 yo‘lovchi Osorno stansiyasida vagonlar ichida qolib ketdi. Bu haqda El Diario Montanes xabar bermoqda.

Yo‘lovchilardan birining aytishicha, mashinist ish vaqti tugagani va o‘rnatilgan ish soatlari tugagach tarkibni to‘xtatishga qaror qilgan va o‘rnatilgan soatlardan ko‘proq ishlash sababli yuzaga kelish mumkin bo‘lgan avariya ehtimoli oldini olmoqchi bo‘lgan.

Poyezd eshiklari voqea joyiga Fuqarolik gvardiyasi yetib kelgandan keyin ochilgan. Tez orada stansiyaga avtobuslar kelgan, ular poyezd yo‘lovchilarini mo‘ljallagan manzillariga yetkazib qo‘ygan, biroq ular besh yarim soatlik kechikish bilan kelgan. 

Temir yo‘l kompaniyasi voqea sababli yo‘lovchilardan uzr so‘radi va yo‘lovchilarning chiptalari qiymatini to‘lab berishga va'da berdi. Mashinistning bu qilmishi sababli ichki tergov boshlangan.

Kasaba uyushmasining ta'kidlashicha, kompaniya xodimi xavfsizlik va mehnat qonunchiligi nuqtai nazaridan harakat qilgan. U ish vaqti tugayotgani haqida rahbariyatni ogoh qilgan, biroq kompaniya uning o‘rniga odam topa olmagan. 

Ushbu voqea Ispaniyada poyezd mashinistlari uyushtirayotgan norozilik namoyishlari ortida yuz berdi. Mashinistlar temir yo‘l rahbariyati avvalgi kelishuvlarni bajarishidan norozi bo‘lmoqdalar. Mutaxassislar xodimlarning pensiyaga chiqishlari va ishga olishning yangi qoidalari tufayli yetishmayapti. 

 

Mavzuga oid