8 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqarada sözlagan nutqida prezident Donald Tramp ittifoqçilarini Eronga qarşi uruşni qöllab-quvvatlamayotgani uçun qattiq tanqid qildi. Şuningdek u Ispaniyani NATOdagi «juda yomon hamkor» deb atadi hamda AQŞ moliya vaziri Skott Bessentga Madrid bilan barça savdo-sotiqni töxtatişni buyurdi.
«Ispaniya — umidsiz holat. Biz endi Ispaniya bilan heç qanday savdo-sotiq qilişni xohlamaymiz», dedi Tramp.
.@POTUS: "Spain is a wasted cause. We don't want to do any trade business with Spain anymore by the way... Spain is a terrible partner in NATO. They don't participate, they don't pay. I don't want anything to do with Spain." pic.twitter.com/3prqux6p54
— Rapid Response 47 (@RapidResponse47) July 8, 2026
«Aytgança, men buni töxtatişni istayman. Ispaniya NATOdagi juda yomon hamkor. Ular [tadbirlarda] qatnaşmaydi, pul tölamaydi. Ispaniya bilan heç qanday aloqam bölişini xohlamayman. Ispaniya bilan barça savdo-sotiqni, jumladan taşriflarni ham töxtating… Keyin ularning qanday yugurib qaytib kelişini tomoşa qiling», deya Trampning sözlarini keltirmoqda Reuters.
Vaşington va Madrid örtasida ançadan beri kelişmovçilik davom etmoqda, çunki Ispaniya Trampning Yevropa davlatlari harbiy xarajatlarni keskin oşirişi va öz mudofaasi uçun özlari pul tölaşi haqidagi talablarini oçiqçasiga rad etib kelmoqda.
Bundan taşqari, Ispaniyaning sotsialistik rahbariyati AQŞga Eron uruşi davomida öz havo hududidan yoki uning hududidagi bazalardan foydalanişga ruxsat bermagan.
Grenlandiya masalasi
Tramp, şuningdek, öz mamlakati Daniyaning yarim avtonom hududi bölgan Grenlandiyani nazorat qilişini talab qildi va ittifoq içida keskinlik keltirib çiqargan masalani yana kun tartibiga qaytardi.
«Grenlandiya Amerika Qöşma Ştatlari uçun juda muhim, ammo Daniya uçun muhim emas», dedi u.
«Aslida, Daniya bir kundan kamroq vaqt içida natsistlar tomonidan bosib olinganda — Hitler ularni bir kunda mağlub etib, nazoratni qölga olganda — ular bizdan Grenlandiyaga ğamxörlik qilişimizni söraşgan. Biz Grenlandiyani himoyamizga olganmiz, keyin esa ahmoqlik qilib uni qaytarib berganmiz"



















