Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning yordamchisi: Ukraina 2014 yildan buyon MDH a'zoligi badallarini to‘lamayapti
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildiki, Ukraina 2014 yildan buyon MDH a'zoligi uchun badallarni to‘lamay kelmoqda va tashkilotning marosimlarida deyarli ishtirok etmayapti. Lekin davlatning MDHdan chiqishi masalasi yaqin vaqtlar ichida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmagan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
«Ular... MDH faoliyatida deyarli ishtirok etmayapti... va to‘lovlar ham berilmayapti», — degan u Ukraina haqida.
Shu bilan birga u Ukraina bu tashkilot safida qolishi ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini qayd etib o‘tgan.
U Ukrainani to‘lovlar berilmagani uchun tashkilot safidan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmayotgani, agar bu masala ko‘tarilsa, bu haqda rasman ma'lum qilinishini aytib, Gruziya tashkilot tarkibidan chiqqanida bu haqida rasman e'lon qilinganini eslatib o‘tgan.
MDHning yubiley sammiti 16-17 sentabr kunlari davomida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026