Sport | 15:23 / 15.09.2016
14794
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA sentabr oyi uchun terma jamoalar reytingini taqdim etdi.

Yangi reytingga ko‘ra, avgust oyida 55-pog‘onani egallab turgan O‘zbekiston terma jamoasi reytingda 6 pog‘ona yuqorilab, 49-o‘rinda joylashdi.

Bu Burkina-Faso, Suriya va Qatar terma jamoalari mag‘lubiyatga uchratilgach, O‘zbekiston terma jamoasining ochkolari soni 560tadan 621taga ko‘payishi evaziga ro‘y bergan.

O‘zbekiston Gretsiya (622 ochko) va Serbiya (602 ochko) o‘rtasida joylashgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi 2006 yilning noyabr oyida FIFA reytingida 45-o‘ringa ko‘tarilgan va bu hozircha tarixdagi eng yuqori natija bo‘lib turibdi.

Sentyabr uchun reytingda O‘zbekiston MTJ Osiyo qit'asi jamoalari orasida to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi. Yangi reytingda Yaponiya O‘zbekistondan quyiga tushdi, Avstraliya esa qit'ada ikkinchi bo‘lib olgan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid