O‘zbekiston TIV rahbari Almazbek Atambayevga Shavkat Mirziyoyev nomidan salom yetkazdi
Bugun, 15 sentabr kuni Bishkekdagi sammit boshlanishidan bir kuni oldin Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qildi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, o‘zbek-qirg‘iz hamkorligning dolzarb masalalari hamda mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lgan.
"Abdulaziz Komilov O‘zbekiston tomoni mavjud barcha masalalar borasida o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik urf-odatlariga asosan, ijobiy kayfiyat bilan ishlashga tayyor ekanligini xabar qilgan", deyilgan xabarda.
Shuningdek, o‘zaro munosabatlarni faollashtirib, mavjud muammolarni konstruktiv yo‘l bilan hal qilish uchun ikkala tomondan ham jiddiy siyosiy iroda namoyon qilingani ta'kidlab o‘tilgan.
Abdulaziz Komilov Almazbek Atambayevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan.
16-17 sentabr kunlarida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida MDH rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarboyjon, Armaniston va Belarus prezidentlari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, Moldova bosh vaziri, Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari va Ukraina elchisi qatnashadi.
Mavzuga oid
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:31 / 23.07.2024
Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin
09:13 / 18.05.2024